Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Mahallalarda profilaktika ishlari va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi

Mahallalarda profilaktika ishlari va sog‘lom turmush targ‘iboti yo‘lga qo‘yildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari F.Qurbonov, X.Muxammedov va N.Xudayqulovalar tomonidan shahardagi bir qator mahallalarda ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida mahalla hududlarida aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, giyohvandlik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, ularning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolarga ushbu illatlarning jamiyat barqarorligiga, yoshlar tarbiyasiga va oilaviy muhitga salbiy ta’siri haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, deputatlar mahallalarda tashkil etilgan tibbiy ko‘rik jarayonlarini kuzatib borib, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik xizmatlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.
Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar qayd etilib, ularni o‘rganish hamda tegishli tartibda ko‘rib chiqish yuzasidan mas’ul mutaxassislarga tavsiyalar berildi.

Tadbirlar yakunida mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, profilaktika ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda aholi bilan doimiy muloqotni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Slide 1 of 4