Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Belgilangan reja-grafik asosida tadbirkor ayol faoliyati o‘rganildi

Belgilangan reja-grafik asosida tadbirkor ayol faoliyati o‘rganildi

Belgilangan reja-grafikka muvofiq, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining 12-Zarafshon saylov okrugida navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Hasanova Gulshan Zokirovna xizmat safari bilan Toshkent shahrida bo‘lganligi munosabati bilan Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova Zarafshon mahallasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayolning ish faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyati, mehnat sharoitlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda faoliyatni yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini yuritish jarayonida uchrayotgan masalalar, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida tadbirkor ayol tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4