Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Fuqarolar murojaati deputat tomonidan ijobiy hal etildi.
Fuqarolar murojaati deputat tomonidan ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Yodgorova Kimyo Baxshullayevnaga Xo‘jabargi mahallasi fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaat ijobiy hal etilib, aholi uchun ma'naviy-ma'rifiy ziyorat safari tashkil qilindi.

Deputat tashabbusi bilan tadbirkor Hamdamov Nodir, "Akbarjon-Barakat" ta'sischisi homiyligida 50 nafar fuqaro uchun Shahrisabz shahridagi "Hazrati Beshir" ziyoratgohi hamda Samarqand shahridagi Imom Al-Buxoriy majmuasiga ikki kunlik bepul ziyorat safari uyushtirildi.

Mazkur tashabbus fuqarolarning ma'naviy hayotini boyitish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishlari uchun munosib sharoit yaratish hamda jamiyatda mehr-oqibat, hamjihatlik va ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Fuqarolar o‘z murojaatlariga amaliy yechim topilganidan mamnun ekanliklarini bildirib, tashabbuskor deputat va saxovatpesha homiyga samimiy minnatdorlik izhor etdilar.

Inson qadri, fuqarolar manfaati va ezgu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash – xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ustuvor yo‘nalish bo‘lib qolaveradi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 6