Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Nazarova tomonidan saylov okrugidagi fuqarolar murojaatlarini o‘rganish davomida aniqlangan masala yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xususan, Qo‘qon shahar “Qipchoqariq” mahalla fuqarolar yig‘ini Guzar ko‘chasi 127-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro R.Qoraboyev tomonidan o‘z xonadoniga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmaganligi sababli amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat qilingan edi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, fuqaroning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalaga aniqlik kiritish, amaldagi tartib-taomillar bo‘yicha tushuntirish berish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlari yuzasidan ma’lumot olish maqsadida Qo‘qon shahar Kadastr agentligiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

So‘rovda fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalani qonunchilik talablariga muvofiq o‘rganish, mavjud holat yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish hamda muammoni hal etish bo‘yicha ko‘riladigan choralar haqida axborot berish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi va natijalari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2