Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash masalasi ko‘rib chiqildi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasida kun tartibidagi muhim masalalardan biri — “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini mahallalar o‘rtasida qayta taqsimlash to‘g‘risidagi masala bo‘ldi.

Sessiyada mahallalarda to‘plangan jamg‘arma mablag‘laridan samarali foydalanish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan xayriya va ko‘mak tadbirlarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasida shakllangan mablag‘larning bir qismini ehtiyoj yuqori bo‘lgan mahallalarga yo‘naltirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi. Xususan, “Shikorbegi” va “Muqimiy” mahalla fuqarolar yig‘inlarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini moliyalashtirish maqsadida qo‘shimcha mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan mablag‘larni taqsimlashda adolat, shaffoflik va manzillilik tamoyillariga qat’iy rioya etish, jamg‘arma mablag‘laridan ehtiyojmand oilalar manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Sessiya yakunida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini qayta taqsimlash bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinib, mablag‘lardan maqsadli foydalanish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3