Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
#deputat_sorovi #138_ds_369_26 📌 Suyultirilgan gaz ta’minoti masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nurali Kuvandikovich Kiyamov tomonidan “Ishtixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i F.Sharipovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida tuman hududida aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holati, mavjud muammolar hamda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

📋 Deputat so‘rovida ta’kidlanishicha, hududlarda o‘tkazilgan uchrashuvlar va fuqarolar murojaatlari tahlili ayrim hududlarda suyultirilgan gaz ta’minotida uzilishlar va kechikishlar kuzatilayotganligini ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan quyidagi masalalar yuzasidan ma’lumot berish so‘ralgan:
✅ Ishtixon tumani uchun bir oy davomida belgilangan suyultirilgan gaz hajmi;
✅ amalda tumanga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz miqdori;
✅ mavjud ehtiyoj va ta’minot o‘rtasidagi tafovut;
✅ gaz ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar va kechikishlarning sabablari;
✅ mavjud muammolarni bartaraf etish hamda ta’minotni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.

🏠 Aholini energiya resurslari bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish deputat so‘rovining asosiy maqsadi hisoblanadi.

📊 Taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida suyultirilgan gaz ta’minotidagi mavjud holat tahlil qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.

📍 Mazkur masala deputatlik nazoratiga olingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1