Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Rahimov Mutallib Amirqulovichga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni biriktirildi.
Mazkur qonunga muvofiq deputat tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, jumladan, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi yuzasidan parlament nazorati amalga oshiriladi.
🔹 Qonun ijrosi bo‘yicha savolnomalar ishlab chiqiladi;
🔹 Tegishli tashkilotlar faoliyatida qonunchilik talablari qay darajada bajarilayotgani o‘rganiladi;
🔹 Doimiy komissiya bilan hamkorlikda tahliliy o‘rganishlar tashkil etiladi;
🔹 Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqiladi.
🎯 Asosiy maqsad — davlat organlari va tashkilotlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflik hamda qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olishdan iborat.
✅ Kengash deputatlari tomonidan qonunlar ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram