Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Markaz hududida yangi zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi o‘rganildi

Markaz hududida yangi zamonaviy tibbiyot majmuasi qurilishi o‘rganildi

🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov Uchtepa tumanidagi “Ko‘kcha Oqtepa” mahallasi hududida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

🇺🇿 O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar ishtirok etdi.

🗂 Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–16-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” Davlat dasturi doirasida markaz hududida BMTning UNOPS loyihasi orqali Osiyo taraqqiyot bankining 4,2 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari evaziga yangi 5 qavatli zamonaviy bino barpo etilmoqda.

↗️ Loyiha doirasida 130 dan ortiq o‘rinli davolash bo‘limlari, gemodializ markazi, operatsion blok, qabul bo‘limi hamda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mazkur loyiha aholiga sifatli va yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

📊 O‘rganish yakunida qurilish ishlarining borishi, loyiha samaradorligi hamda uni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 6