Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Kunduzgi parvarish markazi faoliyati o‘rganildi

Kunduzgi parvarish markazi faoliyati o‘rganildi

🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanovlar Uchtepa tumanidagi Bog‘obod mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun Kunduzgi parvarish markazi faoliyatini o‘rgandi.

🗂 Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 126-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalarga xizmat ko‘rsatmoqda.

📇 O‘rganish davomida markazda yaratilgan sharoitlar, bolalarning ijtimoiy moslashuvi, kundalik hayot ko‘nikmalarini rivojlantirish, psixologik-pedagogik va reabilitatsion xizmatlar ko‘rsatish jarayonlari bilan tanishildi. Hozirda markazga 11 nafar nogironligi bo‘lgan bola jalb qilingan.

🕯 Yakunda markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar va ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

Slide 1 of 6