Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
TUMAN KENGASHI KOTIBIYATIDA TAHLILIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov tomonidan bugun Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonovning tuman Kengashi faoliyatini o‘rganish yakunlari yuzasidan tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

✅Yig‘ilish davomida Samarqand viloyati Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan tuman Kengashi kotibiyati faoliyatini o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha berilgan tavsiya va topshiriqlar atroflicha muhokama qilindi.

📍Xususan, Kengash kotibiyati tomonidan ish hujjatlarini yuritish, ijro intizomini mustahkamlash, Kengash qarorlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda deputatlik nazoratining samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

✍️Shuningdek, yig‘ilishda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va mas’ul xodimlarga tegishli vazifalar biriktirildi.
Yig‘ilishda xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylov okruglarida tizimli o‘rganishlar olib borish, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, sessiyalar kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan joylarda chuqur tahliliy o‘rganishlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

➡️Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, qonunlar ijrosi yuzasidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, doimiy komissiyalar faoliyatini yanada faollashtirish hamda ularning ish rejalarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

➡️Yig‘ilish yakunida Kengash kotibiyati xodimlari tomonidan ish hujjatlarini amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida yuritish, deputatlar faoliyatini samarali tashkillashtirish, Kengash qarorlari ijrosini tizimli monitoring qilish hamda berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4