Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat mahallada!

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashiga 26-Jondor saylov okrugidan saylangan deputat L.Ergasheva, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Z.Shomurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J. Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Aleli” mahallasidagi parklar, hiyobonlar va bogʻlarning holatini o‘rgandilar.
📌O‘rganish davomida yashil hududlarning umumiy holati va saqlanish darajasi, daraxt va manzarali ko‘chatlarning parvarishi, sug‘orish tizimi hamda qurib qolgan ko‘chatlarni yangilash zarurati, piyodalar yo‘laklari, o‘rindiqlar, yoritish moslamalari va boshqa obodonlashtirish elementlarining texnik holati, bolalar maydonchalari va dam olish zonalarining xavfsizlik talablari hamda sanitariya holati, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
📌O‘rganish yakunida tegishli tashkilotlar bilan birgalikda aniq chora-tadbirlarni belgilash, yashil hududlarni saqlash va obodonlashtirish ishlari yuzasidan takliflarni shakllantirish rejalashtirildi. Deputatlar va mutaxassislar park, hiyobon hamda bogʻlarning aholining dam olishi uchun qulay va xavfsiz maskan bo‘lib xizmat qilishi mahalla infratuzilmasining muhim qismi ekanini ta’kidladilar.
📌Shuningdek, hududlarda jamoatchilik ishtirokida ko‘chat ekish, mavjud yashil fondni asrash va muntazam parvarish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5