Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat mahallada!

“Nurafshon” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati va aholini qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Tasdiqlangan reja jadval asosida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Nurafshon” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi hamda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
⚡️O‘rganishlar davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda to‘lash jarayonlari tahlil qilindi.
⚡️Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️Saylovchilar bilan bo‘lgan muloqotlar chog‘ida fuqarolarning ijtimoiy ta’minot, bandlik, tibbiy xizmat va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
⚡️O‘rganish natijalariga ko‘ra, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi samaradorligini yanada oshirish, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish hamda ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi.
⚡️Bunday o‘rganishlar aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va mahallalarda ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4