Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q.Safarov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar tomonidan “Zarafshon” mahallasi hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida loyihalar doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, qurilish sifati, belgilangan meyor va talablarga rioya etilishi hamda obyektlarning foydalanishga tayyorlik holati atroflicha tahlil qilindi.
✔️Monitoring natijalariga ko‘ra, ayrim obyektlarda qurilish-montaj ishlarining sifatsiz bajarilganligi, belgilangan texnik talablarga to‘liq amal qilinmaganligi bilan bog‘liq qator kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Mazkur holatlar investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishi va aholi uchun yaratilayotgan infratuzilma obyektlarining sifatli xizmat ko‘rsatishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ta’kidlandi.
✔️Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda qurilish ishlari sifatini ta’minlash maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari X.Bafoyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi. So‘rovda kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlari sifati ustidan nazoratni kuchaytirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumot taqdim etish masalalari belgilandi.
✔️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan investitsiya loyihalarining samarali va sifatli amalga oshirilishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi. Bu esa davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2