Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Deputat nazorati

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 25-dekabrdagi PQ–386-sonli “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Muzrabot tumanida keng ko‘lamli bunyodkorlik va infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, mazkur qaror asosida tuman markazidan o‘tuvchi V026 avtomobil yo‘lining 6 kilometr qismida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda yo‘lning eski asfalt qoplamasi olib tashlanib, yangi asfalt-beton qoplamasini yotqizish uchun zarur tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichga yetkazilgan.

Loyiha 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan ikki yillik dastur asosida amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning umumiy qiymati 9 milliard so‘mni tashkil etadi. Qurilish-ta’mirlash ishlari Muzrabot tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida bajarilayotgan ishlar jarayoni xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar tomonidan o‘rganildi. O‘rganishlar davomida qurilish ishlarining sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda ishlarning belgilangan muddatlarda bajarilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha deputatlar tomonidan mas’ul tashkilot vakillariga qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6