Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
O‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

 O‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

  

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi tomonidan kelib tushgan murojaatlarni qayta o‘rganish, ularni sifatli va ijobiy hal etish, shuningdek, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida Oltiariq tumani hokimligi binosida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oltiariq tumanidagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi, tuman hokimligi devonxona mudiri, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri hamda tumandagi tegishli tashkilot va muassasalarning murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida fuqarolar murojaatlarini
qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, murojaatlarning mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, ularning ijobiy yechimini ta’minlash, ijro intizomi va mas’uliyatni kuchaytirish masalalari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida uchrayotgan kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 7