Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
янв.21
Депутатлик суров юборилди 📢
янв.21
🇺🇿Туман ҳокимлигида мурожаатлар билан ишлаш платформаси ижроси таҳлил қилинди
янв.21
🇺🇿 Депутат ташаббуси билан ариқ ва зовурларни тартибга келтириш ишлари ўрганилди
янв.21
📌 Сайловчилар билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди🗳
янв.21
🇺🇿 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди 👥📝
янв.21
Регламент ва депутатлик одоб-ахлоқ масалалари бўйича доимий комиссия томонидан 📜
янв.21
📌 Маҳалла фаоллари билан учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати ҳудудларда🏘
янв.21
📌 Депутат ва маҳалла еттилиги ҳамкорлик
Sayyor qabulda fuqarolarning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 14-Yangi shahar saylov okrugi deputati, tuman hokimi Dilmurod Qodirov tomonidan “O‘rta ko‘cha” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

👥 Qabul jarayonida aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning turli sohalarga oid murojaat va takliflari atroflicha o‘rganildi. Jumladan, ijtimoiy himoya, moddiy yordam, ta’lim, tibbiy xizmat, aliment undirish, yer va uy-joy munosabatlari, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

📋 Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Yechimi joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar shu yerning o‘zida bartaraf etildi, qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etuvchi murojaatlar esa nazoratga olinib, tegishli idoralarga yo‘naltirildi.

Slide 1 of 3