Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Baxtiyor Boboqulov tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Sh. Ismatov va B. Navroʻzov, Vobkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari bilan birgalikda Vobkent tumanidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, hududda ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar holatini oʻrgandi.

🔍Oʻrganish jarayonida kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarni tayinlash hamda ularni oʻz vaqtida yetkazib berish tizimi, murojaatlar bilan ishlash sifati, ehtiyojmand fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha koʻzdan kechirildi.

➡️Muloqot davomida aholining mavjud muammolarni tizimli hal etish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda aholining davlat tomonidan berilayotgan yordam va imtiyozlardan toʻlaqonli foydalanishini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

✔️Taʼkidlanganidek, joylarda olib borilayotgan bunday oʻrganishlar aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda fuqarolarning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3