Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Loyihalar ijrosi

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Azizbek Mardonov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sherzod Ismatov tomonidan tumandagi “Kulolchi” mahalla fuqarolar yigʼinida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ–393-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʼrganish ishlari olib borildi.

🔍Oʼrganish davomida qaror asosida amalga oshirilayotgan qurilish va investitsiya loyihalarining borishi bilan yaqindan tanishildi. Xususan, “Charmgaron” mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan Vobkent tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʼlimining yangi maʼmuriy binosi qurilishi jarayonlari koʼzdan kechirildi. Mazkur obyekt qurilishi uchun 5 milliard soʼmdan ortiq mablagʼ ajratilishi belgilangan boʼlib, bugungi kunda qurilish ishlari boshlangan.

✔️Shuningdek, deputat va mutaxassis tomonidan M–37 xalqaro avtomobil yoʼli boʼyida joylashgan “Shakarkent” MFY hududida amalga oshirilayotgan loyihalar ham oʼrganildi. Jumladan, tadbirkor Sharopov Zoxiddinga tegishli yuk avtomobillariga texnik xizmat koʼrsatish hamda maishiy xizmat koʼrsatish obyektlarining faoliyati va yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi.

📎Oʼrganishlar davomida loyihalarning belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishi, ajratilgan mablagʼlardan samarali foydalanilishi hamda hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6