Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Qaror ijrosi amalda: manzilli o‘rganish davom etmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 2026-yil 28-martdagi VII-19-28-11-166-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan navbatdagi nazorat-o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

Ishchi guruh tomonidan Sadoqat mahalla fuqarolar yig‘ini Birlik ko'chasi 52-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Rasulova xonadonida olib borilayotgan yashil ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adxamov, ishchi guruh a’zolari hamda Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktor o‘rinbosari I.Karimov ishtirok etdilar.

Xonadonda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishilib, bajarilgan ishlar hajmi, qurilish materiallari bilan ta’minlanganlik darajasi va ishlarning borishi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi. Mutasaddilar tomonidan loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar ham taqdim etildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda yaratilayotgan sharoitlarning amaldagi talablarga mosligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

Yakunda ishlarni sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash va fuqarolarga munosib turmush sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qaror ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4