Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 74-sessiyasi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 16-sentabr kuni Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 74-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining oʻrinbosarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. 

Sessiya kun tartibida deputatlar tomonidan “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risidagi masala ko'rib chiqildi. 

Mazkur masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vaqtincha vazifasini bajaruvchi I.Normatov yig'ilganlarga axborot berdi. 

Ta'kidlandiki, 2024-yil 06-iyuldan – 26-iyulga qadar openbudget.uz veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 93 ta takliflar bildirilgan. 

26-iyuldan - 15-avgustga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o‘tkazilib, 15-avgustdan – 22-avgustga qadar targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan. 

Natijada 84 ta tashabbus ovoz berish uchun qabul qilingan, 9 ta tashabbus turli xil sabablarga ko‘ra rad etilgan. 22-avgustdan – 01-sentabrga qadar 84 ta tashabbus ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi hamda yakunda 3 ta loyiha eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan. 

Shuningdek, ma'ruzachi 2024-yil 2-mavsumi uchun “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da 4 241 000 (to‘rt milliard ikki yiz qirq bir million) so‘m mablag‘ shakllanganligini ma'lum qildi. Mazkur masala yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari tinglanib, tegishli qaror qabul qilindi. 

Slide 1 of 5