Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Tadbirkorlik istiqboli – yurt taraqqiyoti, jamiyat farovonligi garovi

Yurtimizda o‘zining tadbirkor va tashabbuskorligi, halol mehnati ortidan nafaqat o‘z turmush farovonligini ta’minlayotgan, balki xalq og‘irini yengil qilish yo‘lida faollik ko‘rsatayotgan insonlar bisyor.

Ana shunday insonlardan biri Nizomjon Norqorayev 1971-yilning 22-mart kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida tug‘ilgan.

N.Norqorayev Samarqand qishloq xo‘jaligi institutining mexanika fakultetini muhandis-mexanik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

U 2019-yildan buyon Nurobod tumanining Jarquduq mahallasida faoliyat olib boruvchi “Tim-Ag‘ron chorvadorlari” chorvachilikga ixtisoslashgan MChJ rahbari hisoblanadi.

N.Norqorayev rahbarligida ushbu MChJ da joriy yilda ham yuqori natijalarga erishildi.

Jumladan, 6077 bosh mayda shoxli mollar parvarishlangan bo‘lsa, shundan 2 889 boshi ona qo‘ylar, 109 boshi naslli qo‘chqorlar bo‘lib, 2979 bosh qo‘zichoqlar olindi.

Bahorgi jun ishlab chiqarish 40 sentner, tirik vaznda go‘sht ishlab chiqarish 90 sentnerga yetkazilib, qishlov uchun 992 tonna dag‘al ozuqa bazasi yaratildi.

   Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, N.Norqorayev topayotgan daromadini nafaqat o‘zi va yaqinlari, balki aholining yordamga muhtoj qismiga ko‘mak berish, ezgu ishlar qilish yo‘lida sarflaydi.

N.Norqorayev va u rahbarlik qilayotgan MChJ tomonidan O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayram tantanalari arafasida ezgulik va homiylik ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, N.Norqorayev tomonidan Arabota masjidining qayta ta’mirlanishiga moddiy hissa qo‘shilgan bo‘lsa, Buloqboshi, Bunyodkor, Nurafshon, Agʻron, Arabota, Jarquduq va Navbahor mahallaridagi bir qator ehtiyojmand oilalar farzandlariga yangi o‘quv yili oldidan maktab formalari va o‘quv qurollari olib berildi.

Darhaqiqat, Yangi O‘zbekiston – imkoniyatlar mamlakati. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan fuqarolar esa el-yurt, xalq manfaati, farovonligi yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelishmoqda.

Slide 1 of 4