Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
#Doimiy_Komissiya_faoliyati

🔴Yig‘ilish kun tartibida tuman Kengashining 2026-yil I-chorak ish rejasiga muvofiq, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglandi.

🔴Muloqot davomida ijtimoiy “daftarlar”ga kiritilgan fuqarolarning bandligini ta’minlash hamda ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar qamrovi tahliliy va tanqidiy ko‘rib chiqildi.

🔴Komissiya a’zolari tomonidan ehtiyojmand aholini ijtimoiy himoya qilish va ularni ro‘yxatdan chiqarishda qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaslik, masalaning mohiyatiga chuqur kirishish lozimligi qat’iy ta’kidlandi.

🔴O‘rganishlar davomida ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sifatining ayrim mahallalarda pastligi va fuqarolar murojaatlariga javob berishdagi sustkashliklar deputatlar tomonidan keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

🔴Yig‘ilish yakunida “Inson” markazi mas’ullariga aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha aniq muddatli topshiriqlar berildi.

🔴Xususan, aniqlangan kamchiliklarni joriy oyning yakuniga qadar to‘liq bartaraf etish hamda amaliy natijalar yuzasidan komissiyaga qayta axborot taqdim etish vazifasi yuklatildi.

🔴Doimiy komissiya tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar sifati va manzilli yordam ko‘rsatish jarayonlari ustidan qat’iy deputatlik nazorati o‘rnatilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3