Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatidagi 24 tavsiya ijrosi amalda

🔴 Tadbirda Oliy Majlis Senati tomonidan xalq vakillariga berilgan 24 ta tavsiya asosida mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirlar samaradorligi tanqidiy tahlil qilindi.

🔴Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda hududlardagi ta’lim muassasalari va sport inshootlarining moddiy-texnik holati, ularning sport anjomlari bilan jihozlanish darajasi diqqat markazida bo‘ldi.

🔴Yig‘ilish davomida hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar hamda ijtimoiy xodimlarning ehtiyojmand qatlamga ko‘rsatayotgan xizmatlari natijadorligiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

🔴Shu bilan birga, kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar tayinlashdagi shaffoflik, xotin-qizlar faollari hamda soliq inspektorlarining o‘zlariga biriktirilgan vazifalarni ijro etish holati batafsil ko‘rib chiqildi.

🔴Muhokamalar yakunida mahalla yettiligi va Kengash deputatlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida o‘rganish va hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi va mahalla tizimi hamkorligida amalga oshirilayotgan bunday chora-tadbirlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3