Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov fuqaroning kadastr muammosini ijobiy hal etish choralarini ko‘rmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dehqonov tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi hamrohligida hududda aholi muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay yurish tadbirlarini o‘tkazdi.

O‘rganishlar davomida deputat «Sadoqat» ko‘chasi, 15-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sattorov bilan bevosita muloqot qildi. Xonadon egasi o‘z murojaatida uy-joyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasida bir necha bor tegishli idora va tashkilotlarga murojaat qilgani, biroq bu masala uzoq vaqtdan beri ijobiy yechimini topmay kelayotganini bayon qildi.

Fuqaroning haqli e’tirozlari va muammoning mazmuni deputat Sh.Dehqonov tomonidan atroflicha o‘rganildi. Murakkab va yechimi paysalga solinayotgan ushbu masalaga qonuniy baho berish hamda fuqaroning mulkka bo‘lgan huquqini tiklash maqsadida, tegishli davlat organlariga zudlik bilan deputatlik so‘rovi yuborilishiga kelishildi.

Deputatlar aholining murojaatlari va kundalik muammolariga befarq emas. Har bir masala qonun doirasida oxirigacha nazoratga olinadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3