Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
#tavsiyalar_asosida_elektr_energiya
#tavsiyalar_asosida_elektr_energiya

Kogon shahrida aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar doirasida xalq deputatlari Kengashi deputatlari Sh. Isamutdinov hamda F. Quvvatov, mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirova hududlarda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mahallalarda elektr tarmoqlarining holati, transformator punktlari faoliyati va aholiga yetkazib berilayotgan energiya sifati o‘rganilar ekan, keyingi yillarda tizimda sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Yangilangan tarmoqlar, zamonaviy uskunalar hamda bosqichma-bosqich olib borilayotgan modernizatsiya ishlari tufayli ko‘plab hududlarda elektr ta’minoti sifati yaxshilanib, aholining kundalik hayotida qulayliklar ortmoqda.

Ochiq muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr va takliflarga ham alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar elektr energiyasidan oqilona foydalanish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berdi. Bu kabi o‘rganishlar aholining murojaatlariga yechim topish, hududlarda yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ishlarni izchil davom ettirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 3