Deputat “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Ashurov va tuman Kengashi deputati N.Sattorovlar tumandagi "Mehr-shafqat" mahalla raisining faoliyati eng muhim yo'nalishlari bo'yicha belgilangan tavsiyalar asosida uchrashuv o‘tkazib, mahalla raisi faoliyati va mahalladagi muammolar bilan tanishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tumandagi “Mehr-shafqat” mahallasining yettilik faoliyati o‘rganildi.