Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni
12-may — Xalqaro hamshiralar kuni

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi yurtimizdagi barcha hamshiralarni bugungi kasb bayrami — Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Hamshiralik kasbi — bu nafaqat bilim va tajriba, balki ulkan sabr-toqat, mehr-oqibat, insonparvarlik va mas’uliyatni talab qiladigan sharafli va mashaqqatli kasbdir. Sizlar har kuni minglab insonlarning dardiga malham bo‘lib, ularga umid, ishonch va dalda ulashasizlar.

Shifoxona va tibbiyot muassasalaridagi uzluksiz mehnatingiz, bemorlarga bo‘lgan samimiy munosabatingiz, kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz tahsinga sazovordir. Ayniqsa, murakkab vaziyatlarda ham kasbiy burchingizga sodiq qolib, inson hayoti va salomatligi uchun olib borayotgan fidokorona faoliyatingiz jamiyatimiz uchun nihoyatda qadrlidir.

Har bir sog‘aygan bemor quvonchida, har bir oilaning minnatdor nigohida sizning mashaqqatli mehnatingiz va mehringiz mujassam. Sizlar shifokorlarning eng yaqin ko‘makchisi, tibbiyot tizimining tayanchi va inson salomatligi posbonisiz.

🫥 Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning munosib mehnat qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘lda sizlarning o‘rningiz va hissangiz beqiyosdir.

Aziz va qadrli hamshiralar!

Sizlarga mustahkam sog‘liq, cheksiz kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt-saodat, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va xonadonlaringizga fayz-u baraka tilaymiz.

Mehr va insoniylikka yo‘g‘rilgan sharafli kasbingizda doimo el ardog‘ida bo‘ling!
Xalqaro hamshiralar kuni muborak bo‘lsin!
Slide 1 of 1