#Doimiy_komissiya_faoliyati
Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida tumandagi avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish, ta’mirlash va saqlash holati, shuningdek yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish davomida hududdagi umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarida olib borilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari, ichki yo‘llarning texnik holati, yo‘l belgilarini o‘rnatish, piyodalar xavfsizligini ta’minlash hamda tungi yoritish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram