Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
#deputat_hududlarda

Tasdiqlangan ish reja asosida Xalq deputatlari viloyat va tumani Kengashi deputatlari “Murg‘ak” mahalla fuqarolar yig‘inida aholini qiynab kelayotgan elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✔O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Aniqlanishicha, Murg‘ak temiryo‘l stansiyasi yaqinida joylashgan 10 ta xonadonda shu davrga qadar shartnoma asosida temiryo‘l stansiyasidan elektr energiyasi olayotganligi, hozirgi kunda qarzdorlik yuzaga kelganligi sababli elektr toki uzib qo‘yilganligi, Murg‘ak-2 ko‘chasida elektr toki quvvatining pastligi aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani, eskirgan simyog‘ochlar esa xavfsizlik nuqtai nazaridan muammolarni keltirib chiqarayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, mavjud simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish zarurati borligi ta’kidlandi.
✔Bundan tashqari, suyultirilgan gaz balonlarini aholiga o‘z vaqtida tasdiqlangan jadval asosida yetkazib berilayotgan bo‘lib ayrim kadastr kodi mavjud bo‘lmagan xonadon egalari imtiyozli narxlarda gaz balonlari olish imkoniyatidan foydalana olmayotgani ma’lum qilindi.
✔Deputatlar tomonidan mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, aholini qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish bo‘yicha tegishli taklif va murojaatlar tayyorlanishi bildirildi.
✔Bu kabi o‘rganishlar aholining turmush sharoitini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 9