Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
#Munosabat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish va budjetdan tashqari jamgʻarmalarni shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 325-sonli qarori mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Mazkur qaror budjet tashkilotlarida moliyaviy intizomni kuchaytirish, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishni ta’minlash hamda budjetdan tashqari jamg‘armalar faoliyatini yanada tartibga solishga xizmat qiladi.

Qaror asosida budjet xarajatlarini rejalashtirish tizimini takomillashtirish, ortiqcha va samarasiz xarajatlarning oldini olish, shuningdek davlat mablag‘larining shaffof sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha muhim mexanizmlar joriy etilmoqda.

Alohida ta’kidlash joizki, budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda davlat tashkilotlari faoliyati samaradorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, ushbu qaror budjet tashkilotlarining moliyaviy mas’uliyatini oshirish, mavjud resurslardan unumli foydalanish va zamonaviy boshqaruv tamoyillarini keng joriy etishga ham zamin yaratadi.

✍️ Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Otelbaev.

#MahalliyKengash
#Budjet
#MoliyaviyIntizom
#IqtisodiyIslohotlar
#Qo‘ng‘irotTumani 

Slide 1 of 1