Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Umumta’lim maktabida tashkil etilgan kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “S.Xondayliqiy” mahallasidan joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan kutubxona faoliyati o‘rganildi.

🔵O‘rganish jarayonida kutubxonada yaratilgan shart-sharoitlar, kitob fondining shakllantirilishi, o‘quvchilar uchun ajratilgan o‘quv zali hamda axborot-resurslardan foydalanish imkoniyatlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Jumladan, badiiy adabiyotlar, darsliklar, qo‘shimcha o‘quv qo‘llanmalar hamda zamonaviy nashrlar bilan ta’minlanganlik darajasi tahlil qilindi.

🔵Shuningdek, kutubxonachi va maktab ma’muriyati bilan muloqot o‘tkazilib, o‘quvchilarni kitobxonlikka jalb etish, mutolaa madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Suhbat davomida kutubxona fondini yanada boyitish, ayniqsa, zamonaviy va qiziqarli adabiyotlar bilan to‘ldirish, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish zarurati ta’kidlandi.

🔵Deputat tomonidan yosh avlodning ma’naviy va intellektual salohiyatini oshirishda kutubxonalarning o‘rni beqiyos ekani qayd etildi. Shu munosabat bilan kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, uni zamonaviy axborot markaziga aylantirish hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🔻O‘rganish yakunida kutubxona moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish ishlarini kuchaytirish masalasi deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 3