Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Uchtepa tumanida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi

🗂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq 27-sessiyasida tasdiqlangan “Uchtepa tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini joylarda o‘rganish maqsadida Kengashning agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Xudayberganov Avaz Abrarovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan nazorat tadbiri olib borildi.

📊 O‘rganish davomida tuman Obodonlashtirish boshqarmasining yangi ma’muriy binosi hamda unga tutash hududlar ko‘zdan kechirildi. Hududdagi obodonlashtirish ishlari, infratuzilma holati va tashkilot faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

📆 Shuningdek, Kengash qarorida belgilangan manzilli ro‘yxat asosida “O‘rikzor” mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish jarayonlari ham o‘rganildi. O‘rganish jarayonida yo‘l qurilish ishlari sifati, belgilangan texnik talablar asosida olib borilishi, foydalanilayotgan materiallar holati hamda ishlarning muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Nazorat tadbiri davomida hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish, ichki yo‘llarning transport qatnovi uchun qulayligini oshirish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 5