Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Navoiy shahrida boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi

Navoiy shahrida boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi


Navoiy shahrida boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati hamda samaradorligini o‘rganish maqsadida “deputatlik nazorati” tartibida ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, boshqaruv servis kompaniyalari hamda shirkatlar vakillari ishtirok etdi. Unda aholi murojaatlari, ko‘p qavatli uy-joylarni saqlash holati, kommunal xizmatlar sifati, tozalik va obodonlashtirish ishlari, muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holati kabi masalalar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, aholiga sifatli va uzluksiz kommunal xizmat ko‘rsatish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Yig‘ilish davomida ayrim mahallalarda kuzatilayotgan kamchiliklar tanqidiy-tahliliy muhokama qilinib, mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifa va topshiriqlar berildi. Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlarini yanada kuchaytirish, aholi bilan muloqotni tizimli tashkil etish va xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish borasida amaliy chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 5