Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

Fuqarolar murojaatlari yuzasidan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi

📆 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali hamkorligida “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

💬 Mazkur qabulda “O‘rikzor”, “Ko‘ksaroy” hamda “Zarafshon” mahallalari fuqarolari faol ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan yerga bo‘lgan egalik huquqini rasmiylashtirish, mulkni e’tirof etish, oila a’zolari o‘rtasida yer maydonlarini bo‘lish, noqonuniy egallab olingan yer maydonlarini qonuniylashtirish, mavjud holatlarni huquqiy tartibga solish hamda kadastr hujjatlariga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

🗣 Xususan, “Ko‘ksaroy” mahallasi Nur ko‘chasida istiqomat qiluvchi Sh.Tolipjonov, “Zarafshon” mahallasi Navro‘z ko‘chasi 72-uyda yashovchi J.Aripov kabi o‘ndan ziyod fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ular yuzasidan huquqiy baho va tegishli tushuntirishlar berildi.

📁 Shuningdek, fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati yana bir bor batafsil tushuntirildi.

🇺🇿 Qabulda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abilov, Kengashga O'zbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan "14-O‘rikzor" okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov, “Madad” NNT tuman bo‘limi huquqshunosi S.Mahmudov hamda Davlat kadastrlari palatasi Uchtepa tumani filiali bosh mutaxassisi Baxtiyor Sodiqov ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladilar hamda kadastr yo‘nalishidagi savollarga atroflicha javob berdilar.

💼 Qabul davomida barcha murojaatlar joyida o‘rganilib, fuqarolarga batafsil huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Yakunda murojaatlar tegishliligi bo‘yicha nazoratga olinib, mas’ullar tomonidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5