Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📝Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Tomdi tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-choragi davomida daromadlar va xarajatlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, daromadlar tushumining bajarilish holati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Shu bilan birga, Tomdi tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda amalda tushirilgan mablag‘lar, mavjud soliq qarzdorliklari haqidagi axboroti eshitildi.

✔️Yig‘ilish davomida sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, budjet daromadlarini oshirish va soliqlar tushumini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4