Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
Deputat mahallada Ichimlik suvi ta’minotidagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

  Ichimlik suvi
ta’minotidagi muammolar deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
 

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashidagi O‘zLiDeP
deputatlik guruhi a’zosi, 22-Guliston saylov okrugi deputati R.Muxtorova hamda
Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Xudoyqulova "Guliston" MFYda
bo‘lib, mahalla raisi bilan hududdagi issiq va sovuq suv, elektr energiyasi
hamda gaz ta’minoti masalalari yuzasidan suhbatlashdilar.
 

O‘rganish davomida aholini qiynayotgan jiddiy muammo
aniqlandi:
 

Muammo mazmuni: "Guliston" MFY hududidagi
"Sag‘ana" va "Do‘stlik" qishloqlarida ichimlik suvi
ta’minotini yaxshilash maqsadida 2023 yilda boshlangan suv obyekti qurilishi hanuzgacha
yakuniga yetkazilmagan.
 

Sabab: Loyihada transformator o‘rnatish ko‘zda
tutilmagani sababli, obyekt tarmoqqa ulanmay qolgan.
 

Muddat va ijro: "Suv ta’minoti va oqova suv
obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi" (STOSQBIK) UK
tomonidan ishlarni 2025 yil iyun oyiga qadar yakunlab topshirish va’da qilingan
bo‘lsa-da, amalda ishlar oxiriga yetkazilmagan.
 

Bu nima beradi? Mahalla raisining ta’kidlashicha,
mazkur suv inshooti ishga tushirilishi natijasida hududdagi 100 ta xonadon ilk
bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.
 

"Xalqimizning toza ichimlik suviga bo‘lgan
ehtiyojini ta’minlash — eng ustuvor vazifamiz. Muddati o‘tib ketayotgan
qurilish ishlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi
chiqariladi va masala nazoratga olinadi", — deydi deputat R.Muxtorova.
 

Telegram
(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook (
https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/