Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Депутат сайловчилар билан учрашув ўтказди
янв.21
Депутатлар ва доимий комиссия аъзолари қонун ҳужжатлари билан таништирилди
янв.21
**Депутат мурожаатни атрофлича ўрганди**
янв.21
📌 Аҳоли мурожаатлари – доимий эътиборда
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
GULCHILIK VA KOʻCHATCHILIK ORQALI BANDLIK TAʼMINLANMOQDA

 GULCHILIK VA KOʻCHATCHILIK ORQALI BANDLIK
TAʼMINLANMOQDA


Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati O.Oripova tomonidan tumandagi
Oʻraboshi mahalla fuqarolar yigʻinida hokim yordamchisi tomonidan aholini
tadbirkorlikka oʻrgatish, ularga amaliy yordam berish, tomorqadan unumli
foydalanishni yoʻlga qoʻyish borasida olib borilayotgan ishlar holati
atroflicha oʻrganildi.


Oʻrganishlar jarayonida hududda ayniqsa gulchilik va koʻchatchilik sohalarini
rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgani qayd etildi. Jumladan, bugungi
kunda 36 ta xonadon tomorqasida gulchilik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 47 ta
xonadonda koʻchatchilik faoliyati samarali tashkil etilgan. Ushbu
yoʻnalishlarda aholiga zarur agrotexnik koʻnikmalar berish, sifatli koʻchat va
urugʻlik materiallarini tanlash hamda yetishtirilgan mahsulotlarni bozorga chiqarishda
amaliy yordam koʻrsatish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.


Bu kabi tashabbuslar natijasida mahalla aholisining daromad manbalari kengayib,
tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishi ortmoqda. Deputat tomonidan ushbu
yoʻnalishdagi ishlarni yanada kuchaytirish, gulchilik va koʻchatchilikni
ixtisoslashgan faoliyatga aylantirish, mahsulotlarni ichki bozor bilan bir
qatorda tashqi bozorlarga ham chiqarish imkoniyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha
tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 2