Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Ногиронлиги бўлган шахсларни ижтимоий реабилитация қилиш масаласи муҳокама қилинди
янв.21
Камбағалликни қисқартириш ва бандликни таъминлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
“Маҳалла лигаси” спорт мусобақаларига старт берилди
янв.21
Депутат маҳалладаги ижтимоий соҳада олиб борилаётган ишлар билан танишди
янв.21
Кадрларни ишга жойлаштириш масаласи муҳокама қилинди 🏛
янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
“Keneges” OFYda yoshlar bandligi va tashabbuslari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Abduraxmanova Nafisa Alimovna hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov “Keneges” OFYda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganadi.

👥 O‘rganish davomida Yoshlar yetakchisi E.Jumaniyazov tomonidan:
🔹 yoshlar bandligini ta’minlash
🔹 ularni tadbirkorlik va mehnatga jalb qilish
🔹 ta’lim va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar tanishtirildi.

🌾 Xususan, PQ-153-sonli qaror asosida yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida:
🔹 O.Abduraxmonov tomonidan bug‘doy ekilib, qo‘shimcha bog‘ barpo qilingani
🔹 Z.Yaxshigeldieva tomonidan qovun-tarvuz yetishtirilib, yerdan samarali foydalanilayotgani qayd etildi.

📚 Shuningdek, mahalla markazidagi repetitorlik markazi faoliyati ham o‘rganildi. Markazda ingliz tili, rus tili va matematika fanlari o‘qitilmoqda.

Suhbat davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi 632-son qarorida belgilangan “2+6 dasturi” asosida 15 nafar mahalla yoshlariga bepul ingliz tili o‘qitilishiga ko‘maklashilgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 5