Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Kengash qarori ijrosi oʻrganildi

Marg‘ilon shahrida hududlarni obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish davom etmoqda.

Xususan, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov hamda doimiy komissiya raisi A.Mahkamov Yovqachar MFY raisi hamrohligida Marg‘ilon shahar Kengashning 2025 yil 27 sentyabrdagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan ajratish to‘g‘risidagi VII-14-82-11-168-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan Yovqachar MFY Soy bo‘yi ko‘chasida fuqarolar uchun madaniy dam olish maskani yaratish yo‘lida amalga oshirilgan ishlarni joyiga chiqib ko‘zdan kechirdilar.

Aniqlanishicha, mazkur hududda ko‘cha to‘liq betonlashtirilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, soy qirg‘oqlari mustahkam temir to‘siqlar bilan jihozlanib, zamonaviy yoritgichlar hamda qulay o‘rindiqlar o‘rnatilgan.

Mazkur qaror ijrosi aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda. 

O‘rganish yakunida amalga oshirilgan ishlar ijobiy baholanib, hududni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5