Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Deputatlik_nazorati

Sardoba tumanida pillachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, Navro‘z mahallasida fermer xo‘jaliklari tomonidan pilla parvarishlash ishlari uyushqoqlik va mas’uliyat bilan olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati S. Abduvaliyeva ushbu jarayonlar bilan yaqindan tanishib, pilla yetishtirishdagi sharoitlar, parvarish ishlari hamda fermerlar faoliyatini o‘rgandi. Suhbatlar davomida soha vakillari tomonidan pillachilikni yana-da rivojlantirish, mahsuldorlikni oshirish va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Qayd etilganidek, pillachilik nafaqat qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i, balki aholi daromadlarini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishda ham katta ahamiyatga ega. Shu bois, bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, fermerlarga amaliy yordam ko‘rsatish va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bunday ezgu sa’y-harakatlar hududda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, qishloq aholisining farovonligini oshirish hamda milliy ipakchilik an’analarini yana-da rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4