Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Nogironlar jamiyati Sardoba tuman hududiy bo‘linmasi tomonidan aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Sardoba tumani hokimi o'rinbosariB.Djumabayev, va Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat mudiri Q.O'tayevlar ishtirok etdilar.

Mazkur tadbir yurtimizda ilgari surilayotgan insonparvarlik siyosati asosida joylarda amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning uzviy davomi hisoblanadi. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy faolligini oshirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

Tadbir doirasida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining moliyaviy ko‘magi asosida nogironligi bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, santexnika, elektr va payvandchilik kabi kasblarni egallagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘z mehnat faoliyatini yanada rivojlantirishlari uchun zarur asbob-uskunalar topshirildi. Bu esa ularning bandligini ta’minlash va mustaqil daromad topish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4