Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
AHOLI BANDLIGI MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 19-Chashma saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich o‘zi saylangan hududdagi “Xurriyat” mahallasida bo‘lib, aholi bandligi va yoshlar masalalarini o‘rgandi. Uchrashuv davomida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining ijrosi, mahalladagi “Mahalla yettiligi” faoliyati hamda yoshlar yetakchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla faollari tomonidan mavjud muammolar, taklif va mulohazalar bildirildi. Deputat tomonidan fuqarolarning savollariga batafsil tushuntirishlar berildi. Yakunda MFY yettiligi bilan hududdagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 5