Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
#tavsiyalar_asosida_hokim_yordamchisi

#tavsiyalar_asosida_hokim_yordamchisi

Hokim yordamchisi faoliyati atroflicha tahlil qilindi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov va Z. Temirovalar tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Tashrif davomida hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi daromad manbalarini shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlar holati tahlil etildi.

Shu bilan birga, davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyozlar, kreditlar, subsidiyalar va boshqa qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanish darajasi alohida ko‘rib chiqildi. Fuqarolarning ushbu imkoniyatlardan xabardorligi, ulardan foydalanishdagi faolligi hamda erishilayotgan natijalar yuzasidan aniq ma’lumotlar tinglandi.

Mas’ullar tomonidan hokim yordamchisining amaliy faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi va mavjud imkoniyatlarni joylarda to‘liq yetkazish darajasi yuzasidan asosli savollar berildi. Muloqot davomida mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, ishlarni yanada samarali tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganish hududda iqtisodiy faollikni kuchaytirish, aholi daromadlarini oshirish hamda davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) /Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) /Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) /Instagram (https://www.instagram.com/kogonshaharkengashi?utm_source=qr&igsh=NDRrbGprbzRpMmZs)/ Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 4