Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
KO’P QAVATLI UYLAR ATROFINI OBODONLAShTIRISh — DEPUTAT NAZORATIDA.

Ko’p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, hududni tozalik va tartib-intizom asosida saqlash, shuningdek chiqindilardan xoli va ekologik barqaror muhitni shakllantirish maqsadida 1-S.Ayniy saylov okrugi deputati, Romitan tuman hokimi U.Barnoyev joyiga chiqqan holda amaliy o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganish davomida uylar atrofidagi umumiy sanitar holat, chiqindi to’planish nuqtalari, ularni olib chiqish grafigi hamda aholi uchun yaratilgan infratuzilma imkoniyatlari batafsil ko’zdan kechirildi. Shuningdek, yo’laklar holati, yashil hududlar saqlanishi va obodonlashtirish ishlarining tizimli tashkil etilganligi tahlil qilindi.

Aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tezkor ravishda bartaraf etish, chiqindilarni o’z vaqtida yig’ib olib chiqishni yo’lga qo’yish, maxsus chiqindi joylarini tartibga keltirish hamda hududda doimiy nazorat tizimini kuchaytirish bo’yicha kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputat tomonidan aholi bilan muloqot o’tkazilib, har bir fuqaroning mahalla tozaligi va obodligiga befarq bo’lmasligi, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash va atrof-muhitni asrashda faol ishtirok etishi muhim ekanligi ta’kidlandi.

Amaliy o’rganish yakunida ko’p qavatli uylar atrofini bosqichma-bosqich obodonlashtirish, sanitar holatni yaxshilash va ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 1