Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
📌 Ички йўлларни таъмирлаш ва сақлаш масалалари муҳокама қилинди
янв.21
📌 Учрашув ва ўрганишлар олиб борилди
янв.21
Депутатлик одоби қоидалари ижроси таҳлил қилинди
янв.21
📌 Халқ депутатлари Сўх туман Кенгашининг навбатдаги сессияси бўлиб ўтди
янв.21
📍 Ўрганиш ва назорат ишлари олиб борилди
янв.21
📍 Депутат ташаббуси билан Офтобру МФЙда йўллар асфальтлаштирилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
Депутат назоратида
янв.21
Ўрганиш ишлари амалга оширилди
янв.21
Депутат ҳудудларда
Deputat faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati N.Jumayev, Toshkent shahar Kengashi deputati N.Egamberdiyeva, tuman Kengashi Kotibiyati mudiri N.Karimov va tuman deputati D.Asadullayev tomonidan "Bogʻkoʻcha" mahalla fuqarolar yigʻini hududida navbatdagi oʻrganish ishlari amalga oshirildi.

Oʻrganish davomida 102-sonli umumtaʼlim maktabining oʻquv-tarbiya jarayoni, moddiy-texnik baza va taʼlim sifati, 321-sonli maktabgacha taʼlim muassasasining ahvoli, xizmat koʻrsatish sifati va infratuzilma imkoniyatlari va mahalla infratuzilmasi umumiy holati, aholi ehtiyojlari va obodonlashtirish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

Deputatlar tomonidan mahalla aholisining turmush sharoitini yaxshilash, taʼlim muassasalaridagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish Oʻrganishning asosiy maqsadi ekanligi maʼlum qilindi.

Deputatlar mahalla faollari va aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini eshitdilar. Oʻrganish jarayonida 321-sonli maktabgacha taʼlim muassasasini joriy taʼmirlash, mahalla ichki qismida yoʻllarni tartibga keltirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni oʻzv aqtida bartaraf etish maqsadida masʼullarga aniq vazifalar belgilandi.

Oʻrganish yakunida deputatlar tomonidan fuqarolar va davlat organlari oʻrtasidagi ishonchni mustahkamlashga hamda xalqning davlat idoralariga boʻlgan ishonchini oshirishga yordam berishi taʼkidlab oʻtildi.

Slide 1 of 7