Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
HOKIM VA DEPUTAT ISHTIROKIDA O‘RGANISH

Oltinsoy tumanida aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida “Barkamol avlod” mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor va hunarmand fuqaro Melieva Zulfiya faoliyati o‘rganildi. 

Mazkur tadbirkor tomonidan mahalladagi ishsiz xotin-qizlar birlashtirilib, kasanachilik asosida ularning bandligi ta’minlanmoqda. Hozirgi kunda 20
nafardan ortiq xotin-qizlar doimiy ish bilan ta’minlanib, ular uchun barqaror daromad manbai yaratilgan.
 

O‘rganish jarayonida Oltinsoy tuman hokimi Otabek Mavlyanov, Xalq deputatlari tuman Kengash deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna, tuman prokurori R. Turdiyev hamda tuman IIB boshlig‘i D. Qurbonovlar ishtirok etib, xonadonda yaratilgan sharoitlar va olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishdilar. 

Mas’ullar tomonidan mazkur tashabbus ijobiy baholanib, faoliyatni yanada kengaytirish, ish o‘rinlari sonini oshirish hamda hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 5