Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Kengash_faoliyati

🏛 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: AMALIY NATIJALAR VA ISTIQBOLLIK REJALAR

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 15-Gulbog' saylov okrugi deputati I.Xalmatov hamda kotibiyat xodimi B.Qurbonov tomonidan tomonidan “Gulbog'” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi.

🤝 Hamjihatlik – Taraqqiyot Garovi

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi Farmoni asosida tashkil etilgan “Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Subsidiya – Daromad Manbai

Deputat va mahalla faollari mahalla raisi hamda hokim yordamchisi tavsiyasi bilan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi, overlok va dazmol jihozlari olgan Nasiba Xazratovananing xonadonida bo‘lishdi.

"Ilgari ishsiz edim, bugun esa davlatimiz ko‘magi bilan o‘z xonadonimda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bu nafaqat oilaviy daromadimizni oshirdi, balki o‘zimni jamiyatda kerakli inson deb his qilishimga sabab bo‘ldi," — deydi xonadon sohibasi.

✅ Tahlil va Tavsiyalar

O‘rganish yakunida I.Xalmatov tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi tahlil qilindi. Deputat mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni berdi:

✅Muammolarni xonadonbay aniqlash: Har bir xodim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lishi;

✅Imkoniyatlardan foydalanish: Davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va subsidiyalarni haqiqiy egalariga yetkazish;

✅Hamkorlikni kuchaytirish: Yettilikning har bir a’zosi yagona maqsad — aholi farovonligi yo‘lida birlashishi.

Maqsadimiz bitta: Mahallani jinoyatchilikdan xoli, tadbirkorlik rivojlangan va aholisi rozi bo‘lgan hududga aylantirish!

Slide 1 of 3