Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Qilichmozor mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari o‘rganildi

           Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisi Sh. Xayitoxunov, kotibiyat mudiri I.Jo‘rayev hamda doimiy komissiya raisi E.Qurbonovlar tumandagi Qotortol massivi hududidan viloyat Kengashiga saylangan deputat O.Nosirov va tuman Kengashi deputati M. Umaraliyev bilan birgalikda Qilichmozor mahallasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan loyihalar holati atroflicha o‘rganildi. Xususan, mahalla “yettligi” faoliyati, ularning hududdagi muammolarni aniqlash va hal etish borasidagi ish uslublari, aholi bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlarga ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish holatiga alohida e’tibor qaratilib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va hali ishga solinmagan zaxiralar ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish hamda daromad manbalarini kengaytirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. Tashrif jarayonida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahalladagi mehnat jamoalari faoliyati samaradorligini oshirish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish yuzasidan mahalla “yettligi” va tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Berilgan vazifalarning ijrosi qat’iy nazoratga olinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatlar belgilab berildi. Yakunda hududni kompleks rivojlantirish, aholining turmush sharoitlarini yanada yaxshilash va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirish zarurligi alohida qayd etildi. 

   

Slide 1 of 8