Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
#RasmiyAxborot #YoshlarSiyosati #YoshlarMaslahatGuruhi

#RasmiyAxborot #YoshlarSiyosati #YoshlarMaslahatGuruhi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari huzurida Yoshlar maslahat guruhini tashkil etish toʻgʻrisida”gi KQ-102-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

”Yoshlar maslahat guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishida guruh a’zolari hamda xalq deputatlari tuman Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi, xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi N.Xamdamova ishtirok etdi. Yig'ilishda guruh faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Jumladan, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda Kengash faoliyatida faol ishtirokini ta’minlash, hududdagi yoshlar muammolarini aniqlash va ularning yechimiga doir takliflar ishlab chiqish, yoshlar manfaatlarini inobatga olgan holda qaror loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, qonunchilik hujjatlarini o‘rganish va takomillashtirish yuzasidan takliflar berish, yoshlar siyosatiga oid dasturlar va tashabbuslarda faol qatnashish, yoshlar masalalari yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar maslahat guruhi a'zolari o‘z taklif va tashabbuslari bilan bevosita Kengash faoliyatida ishtirok etishi, deputatlar bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish, iqtidorli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshlar muammolarini tizimli ravishda o‘rganib, amaliy yechimlar ishlab chiqish lozimligi ta'kidlandi.

Yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish va muammolariga tizimli yechim topish borasidagi izchil ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 3