35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova tomonidan hududda aholi o‘rtasidagi tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv o'tkazildi.

Yig‘ilishda mahalla faollari, tegishli tashkilotlar vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi. Unda oilaviy zo‘ravonlik, tazyiq va boshqa salbiy holatlarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash hamda bunday holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Deputat o‘z so‘zida hududda tinch va xavfsiz muhitni ta’minlash, xotin-qizlar hamda bolalar huquqlarini himoya qilish ustuvor vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidladi. Shuningdek, bu borada ichki ishlar organlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, deputat tomonidan 2026 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga batafsil hisobot berildi. Hisobotda hududda olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, infratuzilmani yaxshilash, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Jumladan, ichimlik suvi, yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash hamda ijtimoiy obyektlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar alohida qayd etildi.

Yig‘ilish davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar deputat nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida barcha mas’ul tashkilotlar hamkorlikda ishlashi, hududda osoyishtalik va barqarorlikni ta’minlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2